Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizda 464 ming tonna kalava ip eksport qilingan.
Oʻzbekiston 9 oyda 51 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 milliard dollarga teng kalava ip sotgan. Ular orasida 500 million dollarlik kalava import qilgan Xitoy, Turkiya (282 million dollar) va Rossiya (220 million dollar) peshqadamlik qilyapti.
Kalava ip eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 135 ming tonnaga oshgan.









