Energetika vazirligi huzuridagi maxsus shtab tomonidan muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar oʻzining samaradorligini koʻrsatmoqda.
Shtab va Ohangaron shahar hokimligi bilan hamkorlik doirasida shahardagi “Vatan” mahallasi 24 uy tomiga quyosh suv isitish uskunalari oʻrnatildi.

Ushbu quyosh suv isitish moslamalari minus 2 gradusda suvni 50-60 gradusgacha isitgan holda yetkazib bermoqda temir daftarga kiritilgan 9 ta uy xonadonni issiq suv bilan taʼminlamoqda. Shu kabi loyihaning oʻrtacha narxi 5 mln. soʻmni tashkil qiladi.

Aholining fikricha, ushbu mahallada oxirgi 15 yil davomida issiqlik taʼminoti boʻlmagan. Ular ushbu loyihaning amalga oshirilishi bilan koʻp yillik muammo bartaraf etilishini taʼkidlamoqdalar.