Urushning qora kunlarini chustlik Rahmonjon ota Rahimjonov ana shunday xotirlaydi.
1926 yil CHust tumanida tug'ilgan Rahmonjon bobo urush boshlanishidan oldin ham og'ir kunlarni ko'rgan. Otaning bolalik davri ocharchilik, qiyinchiliklarda o'tgan. Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on viloyati (hozirgi Sekizbaev)dagi qarindoshlariniikida tirik qolish, bir kunlik qorin to'yish g'amida 7 yil savxozda ishladi.
Harbiy xizmatga shu erdan 1940 yilning oktyabrida jo'nadi.
– Bu yorug' kunlarda turib o'tmish kunlarni eslasam yuragim xapqirib ketadi. O'sha onlarda mana shunday saodatli kunlarga etishishni o'ylashning o'zini aql bovar qilmas edi, - deydi urush qahramoni. – 900 kun Leningrad shahri qamalda qoldi. Bir sutkada 125 grammli qora non eng tansiq taomimiz bo'lgan. Qal'a yoqalab oqib o'tadigan Laboga ko'lini biz “hayot yo'li”, deb atardik.
Ona Vatan tinchligi yo'lida sabot va matonat bilan yovga qarshi kurashgan yosh harbiy urush yillarida orden va medallar bilan taqdirlangan.
YUrtga qaytgan safdoshlari qatori bobo 1946 yilning iyun` oyida CHustga kelib, mahallasi, oilasi bag'rini to'ldirdi.
R.Rahimjonov rafiqasi rahmatli Gulsunbi aya Ahmedova bilan 7 farzandni ulg'aytirib, voyaga etkazdi. CHustning “Serob” mahallasida istiqomat qilayotgan urush qatnashchisining fayzli xonadoni 22 nabira hamda 20 dan ziyod evaralarga to'lgan.
Otaxon shunday dorulomon kunlarda osuda hayot uchun shukrlar aytib yashaydi. Bu yil 100 yoshni qarshilagan qahramonimiz hali navqiron, tetik, nigohlari o'tkir. Mo''tabar yoshda ham qo'ldan kitob, jurnal tushmaydi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ota xonadoniga viloyat hokimi Hayrullo Bozorov tashrif buyurib, Prezidentimizning bayram tabrigi va sovg'alarini topshirdi.
Ulug'bek RO'ZIMATOV