9,3 million dollarlik konservalangan meva-sabzavotlar eksport qilindi

    Biznes 18 Oktabr 2020 966

    Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi bergan maʼlumotga koʻra, Oʻzbekistonda joriy yilning 9 oyi davomida 9 million 365 ming dollar qiymatdagi konservalangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport bojxona rejimida rasmiylashtirildi.

    Joriy yil konservalangan meva-sabzavotlar eksportidan koʻrilgan daromad oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan. Konservalangan meva-sabzavotlarning 37 foizi Rossiyaga, 26,4 foizi Qozogʻistonga hamda 26 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.

    Shuningdek, joriy yil konservalangan meva-sabzavotlarning Tojikistonga eksporti 3,8 barobar, Janubiy Koreyaga eksporti 3,1 barobar, Ukrainaga eksporti 1,7 barobar, Qirgʻizistonga eksporti 1,6 barobar va Turkmanistonga eksporti 1,3 barobarga ortgan.

    Oʻzbekistondan konservalangan meva-sabzavotlar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yil Belarus va Italiya ham qoʻshildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.