2021-yil yanvar-mart oylari davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 97,2 million AQSH dollari miqdorida tovarlar eksporti amalga oshirildi.

Jumladan:

meva-sabzavot mahsulotlari - 29,5 million dollar yoki 30,31 foiz;

toʻqimachilik mahsulotlari - 23,6 million dollar yoki 24,24 foiz;

transport va uning ehtiyot qismlari - 8,9 million dollar yoki 9,11 foiz;

oziq-ovqat mahsulotlari - 8,7 million dollar yoki 8,92 foiz;

kalava ip - 7,8 million dollar yoki 8,0 foiz;

hayvonlar uchun ozuqalar - 5,0 million dollar yoki 5,13 foiz;

boshqa mahsulotlar - 13,9 million dollarlik yoki 14,10 foiz eksport rasmiylashtirildi.