Abbosbek Fayzullayev ayni vaqtda SSKAdagi motivatsiyasi nima ekanligini maʼlum qildi

    Sport 17 Avgust 2024 711

    SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev moskvaliklar himoyachisi Igor Diveyevning koʻp gol urayotgani haqidagi savolga javob berdi.

    Diveyevning koʻp gol urayotgani hujum vakillarini havotirga solmayaptimi?

    - Yoʻq, agar jamoadoshimiz gol urayotgan ekan, bu jamoaga foydali. Kim gol urishini farqi yoʻq, maqsadimiz - faqat gʻalaba qozonish.

    Undan koʻra koʻproq gol urish motivatsiyasi bormi?

    - Albatta, bor. Men har bir uchrashuvda gol urishni istayman. Men jamoaga endigina qaytdim, asta-sekin formaga kiryapman. Umid qilamanki, yaqin orada oʻzimni eng yaxshi oʻynimni koʻrsatamana va jamoamga yanada koʻproq foydam tegadi.

    Eslatib oʻtamiz, Diveyev 5 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi. Abbosning hisobida esa hozircha 3 ta turdan soʻng gol yoʻq.