Abbosbek Fayzullayev ispan klubi bilan muzokara oʻtkazmoqda

    Oʻzbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “SSKA” futbol klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning “Vilyarreal” klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

    Bu haqida Ispaniyaning “Marsa” nashri xabar bermoqda. Nashrning yozishicha, oʻzbek matbuoti futbolchini “Vilyarreal”ga oʻtishi mumkinligini gapirmoqda. Bu esa ispan klubining muzokaralar borasida siljishga erishishiga yordam berishi mumkin. Transfer rasmiylashtirilishi ehtimoli bor. Transfermarkt Fayzullayevning narxini 6 mln yevroga baholagan.

    Eslatib oʻtamiz, “Vilyarreal” klub oʻtgan mavsumda La Ligada 8-oʻrinni egallab, yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan.

    Avvalroq Oʻzbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyaning “Leganes” klubida davom ettirishi maʼlum boʻlgandi.