ParmaLive sayti xabariga ko'ra, Italiyaning «Parma» klubi Abbosbek Fayzullaevga qiziqish bildirmoqda. Hozirda «B» Seriyada yaqqol peshqadamlik qilib, yangi mavsumni A Seriyada boshlashi kutilayotgan parmaliklar hozirdan tarkibni kuchaytirish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Fayzullaev o'tgan yozda «Paxtakor»dan 500 ming evroga transfer qilingan edi.
Avvalroq, O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisiga «Bavariya» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.