Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

    Sport 26 Fevral 2024 1282

    O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogi-2023 turnirining eng yaxshi yosh yulduzi deb topildi.

    Eslatib o'tamiz, Fayzullaev turnir davomida raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

    Avvalroq «Transfermarkt» portali Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning narxini yangilagandi. O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar a'zosi o'sishga erishdi.

    Jumladan, Abbosbek Fayzullaevning narxi 1 million evroga yuqorilab, 5 millionga etgandi.