Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh oʻyinchisi boʻldi

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hamda “SSKA” klubining yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev OFKning erkaklar orasidagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi boʻldi.

    Bugun, 29-oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qitʼa futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    OFK tomonidan yil yakunlariga bagʻishlangan marosimda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hamda “SSKA” klubining yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

    Shu nomga Abbosbekdan tashqari Yaponiya yoshlar jamoasi aʼzosi Gaku Navata va Janubiy Koreyaning “Tejon Sitizen” klubi aʼzosi Ba Jun Ho ham davogar edi. Fayzullayev ularni ortda qoldirib, sovringa ega chiqdi.

    Maʼlumot uchun, Fayzullayev 2023-yilning yozida SSKA safiga qoʻshilgach, oʻtgan bir yilda Rossiya Premyer ligasida jami 33 oʻyinda 6ta gol va 9ta assistentlik qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida 5 oʻyinda 2ta gol urdi, JCH-2026 saralash bosqichida esa 10ta oʻyinda maydonga tushdi.