Abbosbek Fayzullayev rasman “Istanbul Bashakshehir”ga oʻtdi

    “Sport-Ekspress” nashri xabariga koʻra, Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga oʻtdi.

    Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. Bu haqda avvalroq jurnalist Ivan Karpov xabar bergan edi.

    Maʼlumotlarga koʻra, SSKA klubi Fayzullayev uchun toʻlovni toʻliq tarzda bir yoʻla olgan.

    Shuningdek, Abbosbek Fayzullayev Rossiya premyer-ligasining birinchi turidan oʻrin olgan “Orenburg”ga qarshi oʻyin uchun SSKA safida jamoa bilan birga bormadi.