“Abbosbek Fayzullayev soʻzsiz RPLdagi top-10 talikka kiradi”

    “SSKA” klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

    Futbol boʻyicha “SSKA” klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov Rossiyaning “Sports.ru” internet nashriga intervyu davomida oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

    — Bilamizki, “SSKA” shartnoma imzolashdan oldin barcha yangi futbolchilarni sinovdan oʻtkazadi. Bu qanday testlar?

    — Bu maydon testlari — sprintdan reaktiv va noreaktiv chaqqonlik sinovlarigacha boʻlgan umumiy testlar. Ular doimo mushaklarning kuchi va muvozanati uchun testlar bilan birgalikda boʻlib oʻtadi. Agar biror muhim ogʻish aniqlansa, biz maʼlumotlarni apparat tadqiqot usullari (MRT, MSCT) va klinik alomatlar natijalari bilan taqqoslaymiz.

    — Fayzullayev darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va hozir RPLda yorqin oʻyin namoyish etmoqda. Uning testlaridagi natijalar qanday edi?

    — Abbos biz testlarini “VEB Arena”da oʻtkazgan “SSKA” tarixidagi ilk futbolchi. Bunga qadar sinovlar “Oktyabr” stadionida oʻtkazilardi.

    Fayzullayevning natijalari juda zoʻr boʻlgan va u soʻzsiz RPLdagi top-10 talikka kiradi. Uning tezligi joyida, bu borada Abbos eng yaxshi rossiyalik yosh futbolchilar bilan bemalol raqobat qila oladi. Qolaversa, Abbos juda chidamli. “SSKA” soʻnggi 2-3-yil ichida bunday chidamli futbolchilar koʻplab yetishib chiqqandi, jumladan, Kirill Glebov va Egor Ushakov.

    Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum RPLda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.