Abbosbek Fayzullayev ham Yaponiyaga qarshi oʻynay olmaydi

    U navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Moskvaga yoʻl olmoqda.

    Yana bir legionerimiz klub ixtiyoriga joʻnab ketmoqda, deya xabar berilmoqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanalida.

    U-23 Osiyo kubogida terma jamoamizning tarixiy natijasiga munosib hissa qoʻshgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev ham Yaponiyaga qarshi oʻynay olmaydi.

    Maʼlum qilinishicha, Abbosbek kelishuvga muvofiq, navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Moskvaga yoʻl olgan.