ABC: Yangi Orleanda terakt qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

    Yangi Orleanda haydovchining yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida halok bo'lganlar soni 15 kishiga yetdi.

    Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a'zosi Troy Karterga asoslanib, ABC News telekanali xabar tarqatdi. Federal qidiruv byurosi (FBR) voqeani terakt sifatida tekshirmoqda, Associated Press xabariga ko'ra, voqeaga to'rt kishi aloqador bo'lishi mumkin.

    “Luiziana shtatidan demokrat Troy Karter chorshanba kuni kunduzi voqea oqibatida halok bo'lganlar soni 10 nafardan 15 nafarga oshganini aytdi... yana 25 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi”, dedi ABC.

    Hodisa bir kun avval, 1-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 3:15 da Yangi Orleandagi Burbon-stritda sodir bo'ldi, odamlar Yangi yilni nishonlash uchun yig'ilgan edi. Ford pikapini boshqargan erkak mashinani olomon ustiga haydadi. Shundan so'ng hujum uyushtirgan shaxs mashinadan tushib, o't ochgan, shundan keyin u politsiya tomonidan zararsizlantirilgan.

    FBR jinoyatda 42 yoshli AQSh fuqarosi, Texasda yashovchi va qurolli kuchlar faxriysi bo'lgan, xizmatdan sharaf bilan bo'shatilgan Shamsud-Din Jabbor gumonlanayotganini ma'lum qildi. Luiziana shtati politsiyasi byulleteniga ko'ra, mashinadan “Islom davlati” bayrog'i (terrorchi deb tan olingan va Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan), to'pponcha va qo'lbola bombalar topilgan. Ular muzlatgichlarga yashirilgan va masofadan turib boshqarilgan. Mashinada boshqaruv pulti ham topildi. Terakt ijrochisi va islomchilar o'rtasidagi aloqalar tekshirilmoqda, deb xabar beradi kommersant.ru.