Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev oʻz faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab, soʻnggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari va uch bor Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2003-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.