Abdulaziz Kamilov Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 19 Noyabr 2021 1374

    2021-yil 18-noyabrda Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

    Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari oliy darajadagi Rossiyaga kutilayotgan tashrifga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    Ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yaqin aloqalarni davom ettirish va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

    Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuv yakunida Vazirlar axborot va biologik xavfsizlik sohasida qator ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2022-2023-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.