Muloqot chogʻida Yevropa tomoniga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, respublikamiz zamonaviy tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va erishgan yutuqlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi doirasidagi aloqalarni muhokama qildilar.
Ilgari qabul qilingan qoʻshma tashabbus va dasturlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, turli darajadagi hamda shakldagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi.
Delegatsiyalar Afgʻonistondagi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlari doirasida ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami koʻrsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.