Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, elchilarni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va masʼuliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama va “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida Oʻzbekiston-Xorvatiya va Oʻzbekiston-Estoniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish boʻyicha amaliy takliflar koʻrib chiqildi.

Mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.