Ta'kidlanishicha, muzokarada ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlarning o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni faol rivojlantirishga tayyorligi bildirildi.
AQSH tomoni yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.
Shuningdek, AQSH vakili O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga ko‘maklashish va turli sohalardagi loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi.