T.Torlou va H.Freyzer Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yoʻllagan BMTning 26-iqlim sammitida (KOP-26) ishtirok etish uchun shaxsiy maktubini yetkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi va ekologik xilma-xillikni saqlash, jumladan, Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. BMT Bosh Assambleyasining “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi bir ovozdan qabul qilingan rezolyutsiyasi jahon hamjamiyatining Oʻzbekiston tomonidan bu yoʻnalishda olib borilayotgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Britaniya tomoni va BMT vakillarining 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki ham koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston-Britaniya hamkorligining ayrim jihatlari hamda Oʻzbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi masalalari ham muhokama qilindi