Bu haqda Italiya Respublikasi Prezidenti Bosh kotibiyatining "Gazzetta Ufficiale" hukumat gazetasi rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilindi, deya xabar beradi "Dunyo" AA.
Ro‘yxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti bo‘lib, 1951-yil 3-martda ta’sis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, san’at, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi katta xizmatlari uchun taqdirlash uchun mo‘ljallangan.
Mukofotlash Italiya Prezidenti tomonidan Vazirlar Kengashi Raisining roziligi bilan, odatda yiliga ikki marta: 2-iyun (respublika tashkil topgan kun) va 27-dekabr (Konstitutsiya kuni) da amalga oshiriladi.