Abdulaziz Komilov Pan Gi Mun bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 31 Iyul 2021 519

    Bugun Seulda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Yashil oʻsish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Tomonlar Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida Yashil oʻsish global institutiga birinchi aʼzo davlat boʻlganligini mamnuniyat bilan taʼkidladilar. Toshkentda GGGIning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. Oʻndan ortiq qoʻshma tadbirlar amalga oshirildi.

    Uchrashuvda KOIKA va GGGI oʻrtasidagi qiymati 5,6 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash boʻyicha oʻzaro munosabatlarga alohida eʼtibor qaratildi.