Suhbat chogʻida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlarining bugungi holati va ularni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Boʻlajak rasmiy uchrashuvlar jadvali hamda 2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada Pokiston tomonining ishtirokiga doir masalalarga alohida eʼtibor qaratildi, deya xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.