Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va SHHT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari hamda Tashkilot faoliyatini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
SHHTga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining boʻlajak yigʻilishlari kun tartibi va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida SHHT delegatsiyasining ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.