Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” unvoni bilan taqdirlandi

    Bu boʻyicha Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning farmoni qabul qilindi.

    Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning farmoni bilan Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” (“Hormatly il ýaşulusy”) unvoni bilan taqdirlandi.

    Farmonda Komilovning milliy anʼanalarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan.

    Shuningdek, shoir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligi munosabati bilan Komilov “Maxtumquli Firogʻiyning 300-yilligi” yubiley medali va yodgorlik belgilari bilan taqdirlandi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ayni paytda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.