Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan Vazir Elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi hamda unga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning faollashuvi kuzatilayotganligi qayd etildi. Tomonlar muntazam muloqot va amaliy aloqalarni davom ettirish, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi. Vengriya tomoni O‘zbekistonga Afg‘onistondan vengriyalik va chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.