Uchrashuv va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston – Qirgʻiziston munosabatining asosiy jihatlari, siyosiy-diplomatik, chegara, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish istiqboli muhokama qilinadi.
Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikning ijobiy surʼatini yana-da jadallashtirish, mintaqaviy va mintaqalararo darajada infratuzilmaviy hamda transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashiladi.