Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda

    Voqea-hodisalar 29 Mart 2022 1311

    Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov soʻnggi oʻn kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi.

    Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

    Shifokorlarning konsilium xulosasiga koʻra, A.Komilovning salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan oʻtkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda vazir ixtisoslashgan tibbiy koʻrikdan oʻtish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda.