Abdulfattoh as-Sisi Misr prezidenti etib saylandi

    Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10-12-dekabr kunlari bo'lib o'tgan umumiy saylovlarda g'alaba qozondi va keyingi olti yilda yana mamlakat prezidenti bo'ladi.

    Misr milliy saylov komissiyasi Qohirada prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalarini taqdim etdi, deb xabar berdi tass.ru.

    Misr tashqarisidagi va mamlakatdagi umumiy ovoz berish jarayonida plebistsitda qatnashgan saylovchilarning 89,6 foizi as-Sisi uchun ovoz berdi, deb xabar berdi matbuot anjumanida milliy saylov komissiyasi rahbari Hazem Badaviy.