“Abdulla Qodiriy hayoti teatr sahnasida” bayram tadbiri o'tkazildi

    Bugun mamkalatimizda O'zbek romanchilik maktabining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko'rsatish, uning boy merosi bilan yosh avlodni yaqindan tanishtirish borasida e'tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, bugun Abdulla Qodiriy memorial muzeyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-261-son qarori 6-ilovasi 17-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston davlat drama teatrining “Abdulla Qodiriy hayoti teatr sahnasida” deb nomlangan bayram tadbirining tashkil etilishi ham bunga misol bo'la oladi.

    Mazkur tadbirda elimiz suygan ustoz ijodkorlar, san'at shinavandalari va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. ayniqsa, yosh kitobxonlarning Abdulla Qodiriy asarlaridagi sevimli qahramonlari borasidagi munozaralari qizg'in kechdi.