Samarqand darvozaga yaqinlashganimiz sayin ijodkor yaratgan betakror obrazlar ko'z o'ngimizda gavdalana boshladi. Yurt, millat ozodligi, ilmu ma'rifati haqida jon kuydirgan yozuvchining uy-muzeyiga katta hayajon bilan qadam qo'ydik.
Bu fayzli dargohni ziyorat qilib, yozuvchining nabiralari bilan suhbat qilishni ko'pdan beri orzu qilar edik. Xondamir Qodiriy va Manzuma Qodiriylar o'z ota-onalaridan eshitgan qiziqarli voqealarni birma-bir so'zlab berdilar. Ayniqsa, bizga “O'tgan kunlar”ni yakunlayotgan Abdulla Qodiriy Kumushning o'limi haqida yozayotib yig'lagan lahzalar haqidagi voqea juda ta'sir qildi. Xotiralarni tinglaganimiz sayin o'sha mudhish davr fojialari bir-bir ko'z o'ngimizdan o'tdi. Ushbu asar tufayli to'siqlarga uchragan millatdoshimizning metin irodasiga tahsin o'qidik.
Biz – O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va ofitserlari Qodiriy asarlarini qayta-qayta mutolaa qilishdan aslo tolmaymiz. Kitobjavonlarimizni yozuvchining turli yillarda chop etilgan kitoblari bilan boyitganmiz. Bayram va tantanalarda ko'p bora yozuvchining asarlarini sahnalashtirganmiz. Bugungi ziyorat yozuvchini ardoqlagan qalblarga ma'rifat ziyosini olib kirdi, desak adashmagan bo'lamiz.
Kamol Davurov,
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri
Sardor eshtilovov,
Universitet 2-bosqich kursanti.