Abdumalik Halakov shvetsiyalik raqibi ustidan gʻalaba qozondi

    Fransiyada oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov olimpiadadagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi.

    Musobaqaning boks bahslarida hamyurtimiz Abdumalik Halakov (-57 kg) Olimpiadadagi ilk jangini Shvetsiya vakili Nabil Ibrohim qarshi oʻtkazib, yaqqol ustunlik bilan magʻlubiyatga uchratib, chorak finalga yoʻl oldi.

    Chorak finalda Abdumalik Halakov yarim final yoʻllanmasi uchun Mahmud Sabirxan (Qozogʻiston) yoki Xose Kuiles (Ispaniya) juftligining gʻolibi bilan bellashadi.