Bugun Serbiya poytaxti Belgradda boks bo'yicha jahon chempionatining yarim final o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Ikki nafar hamyurtimiz – Abdumalik Xalakov (-60 kg) va Madiyar Saidrahimov (-92 kg) finalga chiqish uchun ringga ko'tarilishi kerak edi. Ammo Abdumalik jang qilmasdan final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Sababi eronlik charm qo'lqop ustasi Daniyal SHoxbash jarohati tufayli ushbu jangda ishtirok eta olmadi.
Abdumalik Xalakov endi oltin medal` uchun Frantsiya yoki Dominikan Respublikasi bokschisi bilan bahs olib boradi.
Madiyar Saidrahimov esa kubalik Xulio La Kruz bilan finalga chiqish uchun kurashadi.