Abdumalik Xalakov yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

    Sport 3 Oktabr 2023 1383

    Hamyurtimiz chorak finalda Tokio-2020 Olimpiadasi finalchisi filippinlik Karlo Palamni musobaqadan chiqarib yubordi.

    Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalakov yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

    -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz chorak finalda Tokio-2020 Olimpiadasi finalchisi filippinlik Karlo Palamni musobaqadan chiqarib yubordi va oʻzi uchun shohsupadan joy naqd qildi.