"Bu kunni juda uzoq kutdim. Murabbiyim, ota-onamga rahmat. Menga ishonch bildirganliklari uchun federatsiya mutasaddilaridan minnatdorman. Murabbiylarim men bilan juda qattiq ishlashdi.
Rostini aytsam, Serbiyadagi magʻlubiyatdan soʻng ruhan sinayotgandek edim. Davron aka menga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, psixologiyam bilan shugʻullandilar. Ota-onam juda kuchli qoʻllab-quvvatlashdi. Bu chempionlik uchun hamma imkoniyatimni ishga solishga tayyor edim.
Janglarim oson oʻtdi. Murabbiyim bilan qilgan mehnatlarimiz bilindi. Men uchun pul muhim emas. Chunki bu yerda bayrogʻmiz shaʼni bor, xalqimiz kuzatib turibdi. Ularning oldida yuzimiz yorugʻ boʻldi.
Kubalik raqibim bilan chempionatga tayyorgarlik jarayonida 2 ta sparring oʻtkazganmiz. Lekin har ikkisida ham bor kuchimiz bilan ishlamaganmiz. Murabbiyim bu bokschi bilan qanday ishlash kerakligi haqida vazifa bergandilar. Jangda bu topshiriqni toʻliq bajardim", - dedi Abdumalik finaldagi gʻalabadan keyin.