Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, nomzodlar orasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Bernardo Silva va himoyachi Niko O‘rayli bor. G‘olib muxlislarning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi, natijalar kelasi oyning boshida ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi avval ham da’vogarlar qatorida bo‘lgan, o‘tgan oyda esa eng ko‘p ovoz to‘plab, jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Aprel oyida Husanov barcha turnirlarda 4 ta o‘yin o‘tkazib, hamma joyda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqadan o‘ynadi. "Manchester Siti" ushbu uchrashuvlarning barchasida, jumladan, "Liverpul" (4:0), "Chelsi" (3:0), "Arsenal" (2:1) va "Byornli" (1:0) ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Uchta o‘yin Premer-ligaga, yana biri Angliya kubogiga to‘g‘ri keldi.
Muxlislar havola orqali ovoz berish orqali Husanovni qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.