Fransiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, oʻzbekistonlik 20 yoshli himoyachi “PSJ”ga qarshi soʻnggi tur oʻyinida (0:1) Ashraf Hakimiyga nisbatan qoʻpolligi uchun olgan qizil kartochka sababli 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa, u “Lans”ning bugun “Nant”ga qarshi oʻz maydonida oʻtadigan uchrashuvi va 23-noyabr kuni “Marsel”ga qarshi bahsni oʻtkazib yuboradigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, Husanov tez orada Oʻzbekiston milliy jamoasi safiga qoʻshilib, Qatar va KXDRga qarshi oʻyinlarda maydonga tushishi kutilmoqda.