баннер
18 Mar 2025
15:58

    Abduqodir Husanovga “Gelik” sovgʻa qilindi

    “Manchester Siti“ klubi va Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga “Gelik” avtomobili sovgʻa qilindi.

    “Tribuna.uz”ning maʼlum qilishicha, asli qozogʻistonlik oʻzbek futbol funksioneri Ulugʻbek Asanbayev qimmatbaho avtomobilni Husanovga toʻyona qilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, oʻz vaqtida "Paxtakor" va "Doʻstlik" jamoalarida toʻp surgan Asanbayev soʻnggi yillarda futbolchilarning xorij klublariga oʻtishini tashkil qilishda jonbozlik koʻrsatib kelayotgandi.

    21 yoshli Husanov may oyida boʻydoqlik bilan xayrlashishi kutilmoqda.

    Avvalroq, Husanov ushbu avtomobilni mahrga berish uchun xarid qilgani haqida xabarlar tarqalgan, keyin esa rad etilgandi.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech