Mazkur bellashuvning ikkinchi boʻlimida milliy terma jamoamiz aʼzosi Abduqodir Husanov Vitor Reys oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Quvonarlisi, 56-daqiqada Riko Lyuisning kuchli zarbasi Abduqodirning yelkasiga tegib, raqib darvozasidan joy oldi.
Shuningdek, Abduqodir Husanov oʻyin davomida raqib jamoadan 2 bora toʻpni olib qoʻygan boʻlsa, 1-marta zarbalarga blok qoʻydi. Oʻyin davomida 57 bora toʻpga teginib, 48 ta pas berishga muvaffaq boʻldi.
“Shaharliklar“ keyingi oʻyinni 11-fevral kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Real“ga qarshi oʻtkazadi.