Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, test sinovlari oʻtkaziladigan stadion va xiyobonlarga oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) masʼul qilib biriktiriladi.

Biriktirilgan masʼullar abituriyentlarni tartibli va ijtimoiy masofani saqlagan holda tegishli hududlarning kirish joylariga yoʻnaltiradi hamda ruxsatnomasini olmagan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” chop etib berilishini taʼminlaydi.