Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yoʻqolganligi, telefon raqami ishdan chiqqanligi yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qoʻyganligi boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi (https://t.me/rasmiydtm/2522)”ni yuklab olish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratildi.

Endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish uchun https://abitur.dtm.uz/allow sahifasiga oʻtib, quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

  • pasport seriyasi;
  • pasport raqami;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR).