Abituriyentlar apellatsiya shikoyatini qachon berishi mumkin?

    Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo'lishi lozim.

    Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo'lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishi mumkin.

    Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

    Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo'lishi lozim.

    Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko'rib chiqish sanasi va vaqti ko'rsatilgan xabarnoma beriladi.

    Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak, deya ogohlantirmoqda Davlat test markazi.