Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bunda Yangi Oʻzbekiston universitetida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar va koʻp sonli aholi talablari inobatga olindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

• Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;

• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

• pasport maʼlumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Yangi Oʻzbekiston universitetiga oʻqishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • Pasport yoki ID karta elektron nusxasi
  • Umumiy oʻrta taʼlimni bitirganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma yoki kollej/litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan boʻlsa, oʻrta taʼlim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida maʼlumotnoma)
  • IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yoʻnalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yoʻnalishi uchun 60) va undan yuqori ballni koʻrsatuvchi original SERTIFIKATIning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);

Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 hajmdagi surat

Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.