Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitilayotgan umumtaʼlim fanlari boʻyicha saytda keltirilgan adabiyotlar roʻyxati Davlat test markazining Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan, deb xabar beradi Davlat test markaz matbuot xizmati.
Shuningdek xabarda darsliklar roʻyxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olish mumkinligi maʼlum qilingan.