Davlat test markazi joriy yilgi imtihonlar natijalariga koʻra doimiy yashash hududi boʻyicha eng koʻp abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar boʻyicha reytingni maʼlum qildi.

Unga koʻra:

Samarqand — 20 690 nafar (18,03 %);

Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar (15,82%);

Fargʻona — 18 340 nafar (18,86%);

Toshkent v. — 15 699 nafar (15,52%);

Buxoro — 14 337 nafar (23,88%).

Jami abituriyentlar soniga nisbatan foiz hisobida eng yuqori natija (23,88%) Buxoro viloyatiga toʻgʻri keladi.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning joriy yil bitiruvchilari eng koʻp talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

Samarqand — 11 295 nafar (27,74%);
Fargʻona — 10 951 nafar (29,80%);
Qashqadaryo — 9 999 nafar (24,96%);
Buxoro — 8 833 nafar (39,82%);
Toshkent v. — 7 927 nafar (24,84%).

Joriy yil bitiruvchilari talabalikka tavsiya etilgani boʻyicha foiz hisobida eng yuqori natija (42,02%) Navoiy viloyatiga toʻgʻri keladi.