2024/2025-oʻquv yili qabul jarayonlarida oʻquvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim (kasb-hunar maktab, kollej va texnikum) muassasalarida “Abituriyentlarni qoʻllab-quvvatlash” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bu haqda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlumot oʻrnida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) davom etadi.
Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini, taʼlim tili yaʼni (rus, oʻzbek, qozoq va xorijiy til) undan soʻng test topshirish hududini tanlashadi.
Bargida Nodirova tayyorladi.