​Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari qachondan koʻrilishi aniq boʻldi

    Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

    Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

    Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

    Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

    Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

    Apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.