Abu Dhabi Chess Festival 2024. Nodirbek Yaqubboyev — chempion!

    Sport 24 Avgust 2024 239

    BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli turnir oʻz nihoyasiga yetdi.

    Nodirbek ochkolar teng boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra chempionlikni qoʻlga kiritdi. U Abu-Dabi Masters turnirida biror marotaba magʻlubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko toʻpladi. Yaqubboyev gʻoliblik bilan birgalikda 30000 AQSH dollarini ham oʻziniki qilib oldi.

    Yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko toʻplagan boʻlsada, qoʻshimcha natijalar boʻyicha 3-oʻrin hamda 8000 AQSH dollari pul mukofotini qoʻlga kiritdi.