Qayd etilishicha, Toshkent shahrida tashkil etilgan bahslarda dunyoning 13 ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mongoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston)dan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar (28 ta jamoa) oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, umumiy hisobda 69 nafar (12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza) ishtirokchi oʻquvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlandi.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 19 ta (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan mazkur xalqaro olimpiadaning yakka peshqadam jamoasiga aylandi.
Maʼlumot uchun: mazkur olimpiada ilk bor 2023-yili Xiva shahrida oʻtkazilgan va unda 15 ta mamlakatdan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 130 nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashgan. Unda Oʻzbekiston vakillari umumiy hisobda 15 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush, 4 ta bronza) medal bilan taqdirlangan.







