“Abu Valid” laqabi bilan video tarqatayotgan shaxs qidiruvga berildi

    Ayni vaqtda “Abu Valid” laqabi bilan internetga video tasvirlar joylab borayotgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor oʻgʻliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruv eʼlon qilingan.

    Bu haqda IIV xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Rishton tumanida tugʻilgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor oʻgʻli Rossiya hududiga ishlashga borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyalari taʼsiriga tushib, Suriyaning Idlib shahriga borgan.

    Uning targʻibot materiallari oqibatida Suriyadagi janglarda bir qator yurtdoshlarimiz halok boʻlgan.

    “Ogoh boʻling! Ushbu shaxs ishtirokidagi video tasvirlarni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”, deyiladi IIV xabarida.